5 Dekabr 2022 yil
399
Jalaquduq tumani IIB xodimlari tomonidan pirotexnika vositalarining noqonuniy oldi-sotdisiga chek qo‘yildi
Joriy yilning 4-dekabr kuni Jalaquduq tumani IIB JQB xodimlari va profilaktika inspektorlari bilan birgalikda o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi Q.A Jalaquduq tumani Delvarzin MFY hududida “Britan” nomli pirotexnika vositalarining bir qutisini 12.000 so‘mdan sotayotgan vaqtida ushlandi.
Holat yuzasidan fuqaro Q.A.ning yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirganida uning yonidan 9 blog jami 87 ta qutida bo‘lgan 5200 dona “Britan” nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, bayonnoma orqali tuman IIB ixtiyoriga olindi.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati