“Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan yosh xodimlar bilan Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik A.Imyaminov raisligida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.
Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda Boshqarma boshlig‘i maslahatchisi isteʼfodagi podpolkovnik O.Yuldashev, faxriylar kengashi raisi isteʼfodagi podpolkovnik T.Rustamov, shahar-tuman IIB rahbarlari, ichki ishlar organlarining faxriylari hamda 245 nafar yosh xodimlar ishtirok etishdi.
Tadbirni boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik A.Imyaminov kirish so‘zi bilan ochib, davlat rahbari tomonidan yoshlarga ko‘rsatilayotgan alohida eʼtibor, tizimda yosh xodimlar uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar haqida to‘xtalib, bayram munosabati bilan yoshlarga bayram tabrigini yo‘lladi. Shundan so‘ng so‘z olgan boshqarma boshlig‘i maslahatchisi isteʼfodagi podpolkovnik O.Yuldashev ichki ishlar organlarining mashaqqatli biroq sharafli kasb ekanligi, ushbu tizimning o‘tmishi va buguni o‘rtasidagi o‘zgarishlar, “Yangi O‘zbekiston – uchinchi Renessans sari”, “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz” konseptual g‘oyalarining mazmun-mohiyatini yoshlarga yana bir bor tushuntirib berdi. Faxriylar kengashi raisi isteʼfodagi podpolkovnik T.Rustamov yosh xodimlarga o‘zining pand-nasihatlarini bildirib o‘tdi.
Tadbir yakunida joriy yilning 24-28 iyun kunlari Toshkent shahrida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida o‘tkazilgan respublika “Yoshlar forumi”da yuqori natijalarga erishib, faxrli o‘rinlarni egallagan hamda xizmatda yuqori natijalarga erishib kelayotgan bir qator yosh xodimlar vazirlik hamda boshqarma boshlig‘ining esdalik sovg‘a va tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati