21 Avgust 2021 yil 1586

“Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!" shiori ostida umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari boshlandi

Hashar - xalqimizning azaliy ezgu qadriyatlaridan biri. U odamlarni bir-biriga yanada yaqinlashtiradi, jamiyatda o‘zaro mehr-oqibat, saxovat, muruvvat, mehnatsevarlik muhitini tobora mustahkamlaydi.

Bu yilgi istiqlol bayrami arafasida tashkil etilayotgan umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari "Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!" shiori ostida o‘tkazilmoqda.

Xususan, Andijon viloyati IIB apparati xodimlari ham erta tongdan o‘z tashabbuslari bilan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini boshlab yubordilar. Mavjud binolar atrofi, ko‘chalar obodonlashtirildi. Ekin yerlari tartibga keltirilib, begona o‘tlardan tozalandi.    Daraxtlarni oqlash, ularga shakl berishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Hashar davom  etmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech