“Yilning eng faol faxriy xodimi” tanlovining Respublika bosqichida Andijon viloyati IIB faxriy xodimi faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi
Ichki ishlar organlarida faxriylar va yosh xodimlar o‘rtasidagi “Ustoz-shogird anʼanalari”ni yangi bosqichga olib chiqish, yosh xodimlarning milliy qadriyatlarga sodiq, chinakam vatanparvar va fidoyi “xalq xizmatchisi” bo‘lib shakllanishida faxriylarning yordamidan samarali foydalanish maqsadida o‘tkazilayotgan, ichki ishlar organlarida “Yilning eng faol faxriy xodimi” tanlovining Respublika bosqichi Sirdaryo viloyatida bo‘lib o‘tdi.
Eʼtiborlisi ushbu ko‘rik-tanlovda faxrli ikkinchi o‘rin — Andijon viloyati IIB faxriy xodimi, isteʼfodagi polkovnik Raximov G‘ulomjonga nasib etib, II darajali diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Andijon viloyati IIB faxriy xodimiga kelgusidagi ko‘rik-tanlovlarda ham omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati