29 Noyabr 2021 yil
459
Jinoyatchilikka qarshi kurashdagi xorij tajribasidan olingan taassurotlar Andijon viloyati IIBning barcha xizmat soha xodimlariga yetkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining bir guruh xodimlari joriy yilning 15-19 noyabr kunlari Turkiya davlatiga axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatchilikka qarshi kurash masalasida tajriba almashish maqsadida xizmat safariga yuborildi.
Xususan, ushbu xizmat safarida Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik B.Najimov ham bo‘lib, u yerda o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotlaridan olingan xorijiy tajribalarni Andijon viloyati IIBning barcha xizmat soha xodimlariga yetkazdi.Shuningdek, xorijiy tajriba yuzasidan o‘zaro fikr almashinilib, yig‘ilish bahs-munozalarga boy tarzda o‘tkazildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati