Yo‘l harakati xavfsizligi - dolzarb masala
Maʼlumki, so‘nggi vaqtlarda transport vositalari turlari va sonining ko‘payishi, yo‘lovchi va yuk tashish hajmlarining ortib borishi yo‘llarda harakat xavfsizligini taʼminlashni, odamlar hayotini muhofaza qilishni har doimgidan ham dolzarb masalaga aylantirmoqda.
Asaka tumani IIB yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi xodimlari tomonidan markaziy ko‘chalarda, aholi va transport vositalari gavjum chorrahalarda huquqiy-maʼrifiy va profilaktik targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilib, haydovchilar masʼuliyatini oshirish, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga qatʼiy amal qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Muloqotlar davomida yo‘l-harakati qoidalariga amal qilmagan, tartib-qoidalarni buzgan haydovchilarga nisbatan amaldagi qonunchilik asosida maʼmuriy bayonnomalar tuzilib, jarimalar to‘lanishiga sabab bo‘lishi va transport vositalari vaqtinchalik saqlash jarima maydonlariga qo‘yilishi haqida jiddiy ogohlantirishlar berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati