Yo‘l-patrul xizmati xodimi tomonidan mol o‘g‘irlab ketayotgan shaxs qo‘lga olindi
2020 yil 29 oktyabr kuni Bo‘ston tumani “Bog‘i eram” MFYda yashovchi fuqaro T.O ichki ishlar bo‘limiga ariza orqali murojaat qilib, bir kun oldin o‘zi ishlaydigan "Oybek-2" fermer xo‘jaligi dala shiyponi molxonasidan narxi 6.000.000 so‘mlik bo‘lgan bir bosh qora molini noma'lum shaxslar o‘g‘irlab ketganligi haqida xabar bergan edi.
Shu kuni soat 20:30larda Andijon viloyati Oltinko‘l tumani “Ijtimoyat” MFY hududidan o‘tgan 4-R-112 Farg‘ona halqa yo‘lining 138 kilometrida xizmat olib borayotgan Andijon viloyati IIB YHXB YPXO 2-safarbarlik guruhi komandiri kapitan U. Madumarov yo‘l chetida mol yetaklab ketayotgan, keyinchalik ma'lum bo‘lishicha Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi muqaddam sudlangan fuqaro H.M.ni o‘zini shubhali tutganligi sababli to‘htatib, u bilan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida ushbu qora molni o‘g‘irlab ketayotganligi ma'lum bo‘lgan. Zudlik bilan H.M ashyoviy dalil bilan tuman IIBga topshirilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Bo‘ston tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shu o‘rinda barcha fuqarolardan o‘z mol-mulklariga e'tiborsiz munosabatda bo‘lmasliklarini so‘rab qolamiz.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati