14 Sentyabr 2022 yil 261

“Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida Andijon viloyati ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida sportning “Shaxmat” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Joriy yilning 10-sentyabr kunidan 10 oktyabr kuniga qadar o‘tkazilayotgan “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida, xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismonan sog‘lom va ruhan tetik tarbiyalash, sport mashg‘ulotlariga keng jalb qilish va ularni sog‘liqlarini mustahkamlash maqsadida Andijon viloyati ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida sportning “Shaxmat” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqa, tasdiqlangan qoidalarga asosan o‘tkazilib, har bir sohaviy xizmat va shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlaridan 2 nafardan xodimlar jami 38 nafar xodimlar ishtirok etdi.

Musobaqada “G‘alabaga bo‘lgan irodasi uchun” nominatsiyasi bo‘yicha Andijon viloyati IIB Kasbiy tayyorgarlik bo‘limi bosh inspektori mayor Sulaymonov Maxmudjon, 3-o‘rinni Qo‘rg‘ontepa tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi, voyaga etmaganlar bilan ishlash guruhi voyaga etmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologi katta serjant Shokirov Rustamjon, 2-o‘rinni Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB Tashkiliy bo‘lim Murojaatlar bilan ishlash guruhi inspektori, mayor Azizov Mansurbek hamda faxrli 1-o‘rinni Baliqchi tumani IIB Jamoat tartibini tashkillashtirish guruhi katta inspektori katta leytenant Xoliqov Azizbeklar egalladilar.

Musobaqa g‘oliblariga kubok, medallar hamda pul mukofotlari topshirildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech