17 Sentyabr 2022 yil 253

“Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida  Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan yosh xodimlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagiPF-6099-son “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda IIVning 2022-yil 7-sentyabrdagi “Ichki ishlar organlari tizimida kasbiy tayyorgarlik oyligini o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida joriy yilning 16-sentyabr kuni Marhamat tumanida joylashgan “Kelajak nuri” kutubxonasida Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan yosh xodimlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Ushbu o‘tkazilgan intellektual o‘yin qiziqarli va bahs-munozaralargaboy bo‘ldi. Murosasiz o‘tgan o‘yin natijasiga ko‘ra, Paxtaobod tumani IIB jamoasi 3-o‘rinni, Asaka tumani IIB jamoasi 2-o‘rinni hamda Baliqchi tumani IIB jamoasi esa faxrli 1-o‘rinni egalladi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech