24 Sentyabr 2022 yil 259

"Kasbiy tayyorgarlik" oyligi doirasida IIV Andijon akademik litseyida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida 2022 yil 23 sentyabr kuni Andijon akademik litseyi 2-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi “Zakovat intellektual klubi” NNT Andijon viloyati bosh koordinatori Teshaboyev Azizbek va koordinator yordamchisi Saloxiddinov Muxtorlar ishtirok etib, o‘yinni boshqarib bordilar.

Murosasiz va qiziqarli kechgan bahsda akademik litseyning “Qalqon” jamoasi faxrli birinchi o‘rinni egallab, birinchi darajali diplom va monoblok kompyuter jamlanmasiga ega bo‘ldilar. Faxrli ikkinchi o‘rinni akademik litseyning “Boburiylar” jamoasi qo‘lga kiritib, ikkinchi darajali diplom va monoblok kompyuter jamlanmasiga ega bo‘ldilar. Faxrli uchinchi o‘rinni esa “Adolat posbonlari” jamoasi qo‘lga kiritib, uchinchi darajali diplom hamda qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ldilar.

O‘tkazilayotgan madaniy-maʼrifiy tadbirlar o‘quvchi-yoshlarning bilimga chanqoq, zukko hamda vatanparvarlik ruhida kamol topishlariga xizmat qiladi.

 

Andijon viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech