“Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti 2-mintaqaviy hudud 3-son tergov hibsxonasi shaxsiy tarkibi bilan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli Farmoyishi hamda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish Departamenti boshlig‘ining Farmoyishiga asosan “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” davomida Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti 2-mintaqaviy hudud 3-son tergov hibsxonasi shaxsiy tarkibi bilan ikkinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi xodimlari ishtirokida hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotlari olib borilib, mashg‘ulotlar davomida bir qator tadbirlar o‘tkazildi.
Jumladan, hibsxona barcha shaxsiy tarkibi jalb qilingan holda sportning ko‘p kurash turi bo‘yicha hibsxona birinchiligi o‘tkazildi. Musobaqa davomida xodimlar to‘sinda tortilish, brusda chiqib-tushish, otjimaniya bo‘yicha bellashdilar. Musobaqada munosib ishtirok etib faxrli o‘rinni egallangan xodimlar hibsxona boshlig‘i tomonidan qimmatbaho sovg‘alar hamda faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi IIVning tegishli buyrug‘i talablari asosida hibsxona shaxsiy tarkibini xizmat vaqtida formali kiyim-boshni kiyib yurish tartib-qoidalariga rioya etishlarini nazorat qilish va belgilangan xizmat kiyimlarini meʼyoriy buyruq talablari asosida kiyilishini taʼminlash maqsadida, hibsxona shaxsiy tarkibi o‘rtasida saf ko‘rigi va saf tayyorgarligi mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Saf ko‘rigi davomida xodimlarning xizmat guvohnomalari, shaxsiy raqamlarini (jeton) yonida olib yurishganligi, xizmat kiyimini kiyib yurish qoidalariga rioya qilishlari tekshirilib borildi.
Bundan tashqari xar qanday favqulodda holatlarda xodimlarning to‘g‘ri va aniq qaror qabul qila olishlarini shakllantirish, doimiy shaylikda turishlarini taʼminlash maqsadida bir qator amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Binobarin, hibsxonaga O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy bo‘limlarining malakali xodimlari taklif etilib, kuz-qish mavsumida gaz, elektr pechlar va boshqa xonani isitishga moslangan elektr jihozlardan foydalanilganda yong‘in xavfsizligiga rioya qilishlari bo‘yicha tushuntirib o‘tilib, yong‘in chiqqan hollarda yong‘inni o‘chirishga, yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lgan kabel va boshqa elektr vositalarini xavfsiz holatga keltirishga ixtisoslashtirilgan yong‘in o‘chirish vositalari va anjomlari bilan tanishtirib, ularning xar birini tadbir jarayonidagi vazifalari amaliy tarzda ko‘rsatib o‘tildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi IIVning buyruqlarii talablari asosida o‘quv mashg‘ulotlari olib borildi. Unda xodimlar tomonidan o‘q otar quroldan foydalanish, ularning taktik texnik xususiyatlari, o‘q otish davomida bajariladigan mashqlar, qurollarning to‘liqsiz qismlarga ajratish va yig‘ish bo‘yicha o‘quv amaliy mashg‘ulotlari olib borildi. Hamda tabiiy va texnogen vaziyatlarda maxsus vositalardan foydalanish tartiblari amaliy mashg‘ulot davomida o‘rganilib borildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati