11 Oktyabr 2021 yil 674

“Keksalar haftaligi” doirasida O‘zbekiston Respublikasi IIV Andijon akademik litseyi o‘quvchilari bilan “Uch avlod uchrashuvi” maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 16 sentyabrdagi “Keksalar haftaligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” o‘tkazilgan  158-sonli yig‘ilish bayonida belgilab berilgan topshiriqlari ijrosini taʼminlash maqsadida ichki ishlar vazirligi hamda Andijon viloyati ichki ishlar organlarida ham keng ko‘lamli ommaviy va madaniy tadbirlar tashkillashtirilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 8 oktyabr kuni IIV Andijon Akademik litseyi o‘quvchilari bilan “Uch avlod uchrashuvi” maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi  IIV faxriysi, ko‘p yillar davomida Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida samarali xizmat olib borgan general-mayor Murodxo‘jayev Telman Salohiddinovich va IIV birlashgan tahririyat bosh muharriri polkovnik Sadiqova Bernara Taravayevna hamda barcha shahar va tuman ichki ishlar bo‘limlari faxriylar kengashi raislari va uzoq yillar shu sohada samarali xizmat qilgan faxriylar ishtirok etdi.

O‘tkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirni Andijon viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik B.I.O‘rinov kirish so‘zi bilan ochib, xalqimiz uchun muqaddas va bebaho bo‘lgan tinchlik-osoyishtalikni taʼminlashda ko‘pni ko‘rgan insonlar, keksa avlod vakillarining ustozlarcha maslahat va yo‘l-yo‘riqlari g‘oyat muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidlab o‘tdi. Shundan so‘ng,O‘zbekiston Respublikasi  IIV faxriysi general-mayor Murodxo‘jayev Telman Salohiddinovich o‘zining xizmat va hayot tajribalari bilan yaqindan o‘rtoqlashdi. Akademik litsey o‘quvchilarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar qaytardi. Tadbir davomida litseyning iqtidorli o‘quvchilari tomonidan aytilgan sheʼrlar, kuy va qo‘shiqlar hamda go‘zal raqslar tadbir ishtirokchilari, ayniqsa faxriylarga manzur bo‘ldi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech