28 Noyabr 2024 yil 1976

“Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida Andijon viloyati ichki ishlar organlari faxriylarining Qo‘qon shahriga sayohati tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi “Keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 340-sonli qaroriga asosan yurtimizda har yili noyabr oyi – “Keksalar uchun turizm oyligi” deb eʼlon qilingan.

Shunga asosan tizimdagi faxriylar kengashlari, hamkor tashkilotlar, keng jamoatchilik vakillari bilan birgalikda xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oila aʼzolari hamda ichki ishlar organlari faxriylari ishtirokida ularning ichki turizm bo‘yicha turistik va madaniy meros obyektlari hamda muqaddas qadamjolarga tashriflari tashkil etilmoqda.

Joriy yilning 27-noyabr kuni Andijon viloyati ichki ishlar organlarining 50 nafar faxriylari uchun Qo‘qon shahriga sayohat uyushtirildi.

Sayohat davomida faxriy xodimlar "Xudoyorxon o‘rdasi" meʼmoriy yodgorligi hamda "Jomeʼ majmuasi" amaliy sanʼat muzeyi bilan yaqindan tanishdilar.

Tashkil qilingan ushbu sayohat faxriylarda katta taassurot qoldirib, ularni madaniy xordiq chiqarishlariga xizmat qildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech