4 Iyul 2024 yil 1194

“Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida Marhamat tumani hokimligida targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi

Marhamat tumani hokimligi binosida muassasa va tashkilotlar rahbarlari hamda mahalla raislari uchun IIV Kiberxavfsizlik markazi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda Andijon viloyati IIB Kiberxavfsizlik bo‘limi masʼul xodimlari tomonidan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Unda ishtirokchilarga fuqarolarning kiberjinoyatlar qurboniga aylanishining oldini olish, unga qarshi kurashish hamda aholining bu boradagi huquqiy savodxonligini oshirish masalalari yuzasidan atroflicha maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida kiberfiribgarlarning tuzog‘iga tushib, katta miqdordagi pullaridan ayrilgan ayrim fuqarolarning achchiq qismatlari aks etgan taʼsirchan videorolik namoyish etilib, barcha ogohlikka chaqarildi.

Bundan tashqari, fuqarolarga ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan turli yolg‘on maʼlumotlarga ishonmasliklarini hamda virtual firibgarlardan ogoh bo‘lishlari yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlarini yana-da kuchaytirish zarurligi to‘g‘risida bir qator vazifalar yuklatildi.

Hozirda bu kabi targ‘ibot tadbirlari joylarda davom ettirilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech