21 Iyul 2022 yil 311

Kitob — eng yaxshi sovgʻa

Bugungi globallashuv asrida internet orqali sanoqli soniyalar ichida kerakli maʼlumotga ega boʻlish mumkin. Ammo internet kitob oʻrnini bosa olmaydi. Elektron oʻquv insonga faqatgina quruq maʼlumot berish bilangina cheklanadi. Kitobni ushlaganda, uni sahifalay boshlaganda undagi voqealar shiddat bilan rivojlanganda esa kishini oʻzgacha hayajon bosadi. Kitobda har bir kishi oʻzi uchun axloqiy poklikni, aqliy kamolotni topadi. Shuning uchun ham kitob-eng yaxshi sovgʻa.

Joriy yilning 13-iyul kuni Andijon viloyati IIB boshligʻi tomonidan Andijon tumanida yoshlar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda kelib tushgan murojaat ijrosini taʼminlash maqsadida sektor hududidagi Daryo boʻyi MFYda joylashgan IT-CODERS oʻquv markazi oʻquvchilari uchun kitoblar jamlanmasi sovgʻa qilindi.

Albatta, bu kabi ezgu niyat ostida amalga oshirilayotgan ishlar millatimiz kelajagi boʻlgan yoshlarimizning maʼnaviy olamini yanada yuksaltirib, dunyoqarashlari kengayishida muhim omil boʻlib xizmat qiladi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmat

Text to speech