2 Mart 2023 yil
437
Kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilgan kuchli taʼsir etuvchi dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi
Joriy yilning 14-fevral kuni Andijon viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi hamda Qo‘rg‘ontepa tumani IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi K.J va X.Sh hamda Qirg‘iziston Respublikasida istiqomat qiluvchi T.A.lar birgalikda Qirg‘iziston Respublikasidan ko‘p miqdordagi kuchli taʼsir etuvchi dori vositalarini kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tishib, xolis xaridorga 1020 dona “Tropikamid” kuchli taʼsir etuvchi dori vositasini 9000 AQSH dollariga sotayotganlarida qo‘lga olindilar.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati