11 Iyun 2022 yil 467

“Korrupsiya illat” mavzusida oʻquv seminari oʻtkazildi

Andijon viloyati IIB Tashkiliy boshqarma Yuridik taʼminlash guruhi  hamda  TTSA Departamentining Andijon viloyati boʻlimi xodimlari tomonidan “Oʻzbekiston Milliy Metrologiya Instituti” va “UzTest” DM Andijon filiallari rahbar va mutaxassislari uchun “Korrupsiya illat” mavzusida oʻquv seminar oʻtkazildi.

Ushbu oʻquv seminarda Andijon viloyati IIB Yuridik taʼminlash guruhi xodimi mayor Qodirjon Noʻmonov maʼruza qilib korrupsiya millat kushandasi ekanligi, unga qarshi kurashish va oldini olish haqida atroflicha soʻz yuritdi. Xususan, korrupsiya jinoyati uchun jazoning muqarrarligi aniq misollar bilan tushuntirib berildi. Seminar yakunida ishtirokchilarning savollariga kerakli va asosli javoblar berildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech