1 Dekabr 2022 yil 445

Kuchli taʼsir etuvchi dori vositalarining aylanmasiga chek qo‘yildi

Tarkibida giyohvand vositalari, psixotrop moddalar bo‘lgan, kuchli taʼsir qiluvchi preparatlarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish maqsadida Andijon shahrida tezkor profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbir davomida Andijon viloyati, Oltinko‘l tumanida ro‘yxatda turib, Andijon shahrida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan ayol U.X hamda Xo‘jaobod tumanida ro‘yxatda turib, Andijon shahrida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan R.Shlar, Andijon shahar Shimoliy kichik daha hududida joylashgan savdo do‘koni oldida o‘zini shubhali tutib turganligi sababli to‘xtatilib, 2 nafar xolislar ishtirokida yonlari ko‘zdan kechirilganida, fuqaro R.Shning qo‘lida bo‘lgan qora rangli polietilen paketga joylangan 200 dona “Tropikamid” nomli va 40 dona konvalyutada jami 560 dona “Regapen” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.

Holat yuzasidan tezkor surishtiruv va tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech