Andijon viloyati IIB boshlig‘i Asaka tumanida joylashgan “Varshava Universiteti” binosida Ergashobod MFY aholisining murojaatlarini tingladi
Andijon viloyati IIB boshlig'i polkovnik A.T.Rahmatullayev tomonidan o'tkazilgan sayyor qabulda jami 39 nafar fuqaro qabul qilinib, 41 ta turli masalalardagi murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportini rasmiylashtirish, sog‘liqni saqlash, bir marotabalik moddiy yordam olish, axloq tuzatish ishlari jazosini muddatidan oldin ozod qilish va boshqa turli masalalar bo‘yicha kelib tushgan murojaatlarning 28 tasi joyida ijobiy hal etilib, qolgan 13 tasi tegishli tartibda ijroga yo‘naltirildi.
Murojaatlar qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun yurituvga olinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati