Kuzatuv kamerasiga tushgan shaxs aniqlandi
Asaka tumanida yashovchi fuqaro M.I ismli shaxs, Andijon viloyati IIBning “102” raqamiga qo‘ng‘iroq qilib 2023-yil 25-yanvar kuni soat taxminan 12:55 lar chamasida Asaka tumanida o‘zi rahbarlik qilayotgan MCHJ binosida mavjud bo‘lgan maishiy texnikalarini nomaʼlum shaxslar o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilgan.
Tezkor qidiruv va surishtiruv ishlari mobaynida MCHJ binosiga o‘rnatilgan kuzatuv kamerasidan olingan videotasvir, Andijon viloyati IIB EKMda mavjud “Shaxsni identifikatsiya qilish tizimi” orqali tekshirilganida, ushbu o‘g‘irlik jinoyatini sodir etgan fuqaro Andijon shahrida yashovchi D.X ismli shaxs ekanligi aniqlangan.
Holat bo‘yicha fuqaro D.X tomonidan olib ketilgan maishiy texnikalar xolislar ishtirokida bayonnoma orqali olingan.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati