Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri boshchiligidagi ishchi guruh Andijonga tashrif buyurdi
Andijon viloyatining Xonobod shahridagi mavjud MFYlar faoliyatini o‘rganish va ularga amaliy ko‘mak berish maqsadida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov boshchiligida ishchi guruh tashrif buyurdi.
O‘rganishlar davomida MFYlarda faoliyat olib borayotgan hodimlarga kerakli tushunchalar berilib, ularning muammo va takliflari tinglandi. Shuningdek, ishchi guruh a'zolari Xonobod hamda Yuksalish MFYlari binosiga tashrif buyurib, u yerda yaratilgan sharoitlar va jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda hamkorlikdagi faoliyat bilan yaqindan tanishdilar.
Bundan tashqari, Xonobod shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga ham alohida e'tibor qaratilib, Xonobod sihatgohida dam olayotgan Sirdaryoliklar bilan ham uchrashdilar. Uchrashuv davomida ular bilan yaratilgan shart- sharoitlar haqida dildan suhbatlar uyushtirildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati