17 Sentyabr 2024 yil 1285

Manaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlarning bilim saviyasini oshirishga qaratilgan o‘quv-mashg‘uloti tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yonaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-10-son qarorida belgilangan vazifalar, shuningdek, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov tomonidan tasdiqlangan reja-dastur ijrosini taʼminlash maqsadida sohaviy xizmat va shahar-tuman IIB boshliqlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlarining bilim saviyasini oshirishga qaratilgan o‘quv-mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘uloti davomida IIVning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash yo‘nalishidagi amaldagi buyruqlarining mazmun-mohiyati atroflicha yetkazildi.

Tashkil etilayotgan bu kabi o‘quv-mashg‘ulotlari xodimlarning bilim salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

 Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech