11 Iyun 2024 yil 1867

Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmatida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor D.Nazarmuxamedov tomonidan 2024-yilning 7-iyun kuni tasdiqlangan hududiy ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash, taʼlim jarayonini tashkil etish, xodimlarni jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ahvolini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha reja-topshiriqqa asosan, vazirlik ishchi guruhi tomonidan joriy yilning 8-10 iyun kunlari Andijon viloyati ichki ishlar organlarida o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur o‘rganish ishlari davomida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik J.M.Davronov raisligida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash yo‘nalishidagi masʼul xodimlar ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Tanqidiy va tahliliy ruhda bo‘lib o‘tgan muhokama yig‘ilishida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar ro‘yi-rost o‘rtaga tashlanib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech