“Maʼnaviyat oyligi” doirasida Andijon viloyati IIBda yosh xodimlar bilan psixologik seminar-trening o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022-yil 25-mart kunidagi “Ichki ishlar organlarida vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy burchimiz! shiori ostida Maʼnaviyat oyligini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 79-sonli farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasida xizmat olib borayotgan yosh xodimlar bilan psixologik seminar-trening o‘tkazildi. Seminar-treningda boshqarmaning yigirmadan ziyod xodimlari hamda sohaviy xizmat rahbarlari ishtirok etdi.
Dastlab xodimlar bilan “Ijtimoiy vaziyatlarga nisbatan fuqarolarning munosabatini psixologik korreksiya qilish masalalari” yuzasidan seminar mashg‘ulotlari olib borildi.
Shundan so‘ng, yosh xodimlar xizmat vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy munosabatlardagi to‘siqlar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga, Andijon Davlat Universitetidan taklif etilgan mutaxassis psixolog tomonidan atroflicha javoblar oldilar.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tkazilgan seminar-trening davomida barcha ishtirokchilar o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan nazariy, amaliy va uslubiy bilim ko‘nikmalariga ega bo‘ldilar.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati