9 Aprel 2025 yil 2335

“Ma’naviyat oyligi” doirasida Andijon viloyati ichki ishlar organlarining yosh xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

Yosh xodimlarning intellektual va professional bilim darajasini, ma’naviy-axloqiy saviyasini muntazam ravishda oshirib borish hamda Ichki ishlar vazirining 2025-yil 24-martdagi 118-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, yosh xodimlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Ushbu o‘tkazilgan intellektual o‘yin qiziqarli va bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. Qiziqarli va murosasiz o‘tgan o‘yin natijasiga ko‘ra, Asaka tumani IIB jamoasi 3-o‘rinni, Oltinko‘l tumani IIB jamoasi 2-o‘rinni hamda Baliqchi tumani IIB jamoasi esa faxrli 1-o‘rinni egalladi.

G‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalar viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Yosh xodimlarning intellektual va professional bilim darajasi hamda ma’naviy-ahloqiy saviyasini oshirish borasidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.  

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech