12 Aprel 2025 yil
2012
"Ma’naviyat oyligi" doirasida "Uch avlod" uchrashuvlari o‘tkazildi
Andijon viloyatining Shahrixon va Paxtaobod tumanlari ichki ishlar bo‘limlarida o‘tkizilgan uchrashuvlar davomida sohada ko‘p yillar xizmat qilgan faxriylarning boy tajribasini o‘rganish, ularning ijobiy fazilatlari hamda qimmatli o‘gitlarini yosh avlodga ibrat sifatida ko‘rsatish, yosh kadrlarning xizmat faoliyatida faxriy xodimlarning kasb mahorati va ko‘nikmalaridan foydalanishga muntazam ravishda e’tibor qaratilishi lozimligi, shuningdek, bugungi kunda tizimda yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalanish zarurligi ta’kidlandi.
Tadbirlar yakunida bir guruh yosh xodimlar tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.
Bu kabi tadbirlar joylarda davom etttirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati