14 Aprel 2022 yil 355

Maʼnaviyat oyligi” davomida Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlarning muqaddas qadamjolar hamda muzeylarga sayohati tashkil etildi

Joriy yilning 13-aprel kuni sohaviy xizmat, mustaqil boshqarma va barcha shahar-tuman IIBlarida xizmat qilayotgan eng faol va namunali yosh xodimlarning “Maʼnaviyat marshruti” bo‘yicha muqaddas qadamjolar, muzeylarga sayohati tashkil etildi.  Xususan, Marhamat tumanida joylashgan shoir Muhammad Yusuf dafn etilgan qabristonga borilib, shoir haqiga duo qildilar. So‘ng shoirning uy muzeyiga hamda o‘qigan maktabiga tashrif buyurildi.

Shundan so‘ng, “Bog‘i shamol” hududida joylashgan “Bog‘i Bobur” majmuasiga borilib, u yerdagi shoh va shoir Zahirridin Muhammad Bobur haqida batafsil maʼlumot beruvchi muzey bilan yaqindan tanishdilar. Xodimlar Bobur ijodiga oid ruboiylardan keltirdilar. So‘ng ramziy maqbarasi ziyorat qilindi.

Sayohat yakunida yosh xodimlarning Andijon viloyati IIB “Shon-sharaf” muzeyiga tashrifi tashkil etildi. Bu yerda isteʼfodagi polkovnik G‘.Rahimov tomonidan yoshlarga Andijon va uning ichki xavfsizligi tarixi haqida batafsil maʼlumot berildi.

Sayohat davomida yosh xodimlar o‘zlarining kelgusi xizmat faoliyati davomida foydalanish uchun zarur va qimmatli maʼlumotlarni olish bilan birga, ushbu sayohat ularning yana-da dunyoqarashi kengayishi, maʼnaviyati yuksalishi uchun muhim asos bo‘lib xizmat qildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech