“Maʼnaviyat oyligi” doirasida Andijon viloyat ichki ishlar boshqarmasining “Shon-sharaf” muzeyiga sayohat tashkil etildi
Andijon viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati tashabbusi bilan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi tadbirlar doimiy ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Xususan, “Maʼnaviyat oyligi” doirasida Andijon viloyat ichki ishlar boshqarmasining “Shon-sharaf” muzeyiga IIV Qorovul qo‘shinlari harbiy xizmatchilari hamda IIV Andijon akademik litseyi o‘quvchilari tashrif buyurishdi.
Unda harbiy xizmatchilar va o‘quvchilar O‘rta Osiyo, xususan, Andijonning qadimgi davlatchilik xavfsizligidan boshlab, bugungi kungacha bosib o‘tgan yo‘li, hududiy xavfsizlik va xalq osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilgan fidoiylar, o‘tgan har bir davrning voqea hodisalarini o‘zida mujassam etgan ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishdilar.
Bir so‘z bilan aytganda muzeyga sayohat xodimlar hamda o‘quvchilarda katta taassurot qoldirib, ulardagi vatanparvarlik tuyg‘usini yanada oshishiga xizmat qildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati