“Maʼnaviyat oyligi” doirasida Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasida “Yosh kitobxon” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022 yil 25 mart kunidagi “Ichki ishlar organlarida vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy burchimiz! shiori ostida Maʼnaviyat oyligini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 79-sonli farmoyishi hamda Andijon viloyati IIB boshlig‘ining 2022 yil 16 fevral kunidagi “Ichki ishlar organlari yosh xodimlari o‘rtasida “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 24-sonli buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlar o‘rtasida “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik-tanlovda viloyat ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari hamda shahar tuman IIBlarda xizmat olib boryotgan eng zukko bilimdon kitobsevar yosh xodimlar qatnashishdi. Ko‘rik-tanlov uchta shartdan iborat bo‘lib, birinchi shart “Siyosiy maʼnaviy va maʼrifiy kitoblar bilimdoni”, ikkinchi shart “Badiiy asarlar bilimdoni” hamda uchinchi shart “Men sevgan adib” deb nomlanib, tanlov ishtirokchilari o‘rtasida qizg‘in bahs kechdi.
“Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovi yakuniga ko‘ra faxrli uchinchi o‘rinni Buloqboshi tumani IIB Ekspert kriminalistika guruhi katta eksperti leytenant Xo‘jamboyev Muhammadali Dilmurod o‘g‘li, faxrli ikkinchi o‘rinni Paxtaobod tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi profilaktika inspektori leytenant Abdulhayev Abduvali Abduraim o‘g‘li, birinchi o‘rin hamda musobaqa g‘olibligini Andijon viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi psixologi leytenant Abduraxmonov Karimjon Mahmudjon o‘g‘li qo‘lga kiritdi. Musobaqa g‘olib va sovrindorlarini viloyat IIB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkaziladigan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsida taqdirlash belgilandi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati