Maʼnaviyat oyligi” doirasida Andijon viloyati ichki ishlar organlari xodimlari uchun spektakl namoyish etildi
Ichki ishlar organlari xodimlarining maʼnaviy tafakkurini yuksaltirish, tariximiz, milliy qadriyatlarimizga hurmat hamda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda teatrning ahamiyati katta hisoblanadi.
Shu boisdan, Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar eʼtiboriga Andijon viloyati musiqali drama teatrining ijodiy jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan “Mardikorlar” nomli spektakl namoyish etildi. Ushbu spektakl xodimlarning maʼnaviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, estetik tarbiyasini kuchaytirish, ularning madaniyat va sanʼatning turli sohalariga bo‘lgan qiziqishlarini yana-da oshirishga qaratilganligi bilan yana-da ahamiyatli bo‘ldi.
“Maʼnaviyat oyligi” doirasida Andijon viloyati ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar davom etmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati