“Maʼnaviyat oyligi” doirasida Andijon viloyati ichki ishlar organlari xodimlarining “Bobur va jahon madaniyati muzeyi”ga sayohati tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirining 2023-yil 11-aprel kungi ichki ishlar organlarida “Vatanga va halqqa sadoqat bilan xizmat qilish–oliy burchimiz” shiori ostida “Maʼnaviyat oyligi” o‘tkazish to‘g‘risidagi 100-sonli Farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon viloyati ichki ishlar organlari tomonidan bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, maʼnaviyat marshrutida viloyat ichki ishlar organlarning 30 nafar yosh xodimi bilan Andijon shahrida joylashgan Zahiriddin Muhammad Bobur nomli madaniyat va istirohat bog‘iga sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida bu joyda tashkil etilgan “Bobur va jahon madaniyati muzeyi” xodimlarning diqqat markazida bo‘ldi.
Maʼlumot o‘rnida “Bobur va jahon madaniyati muzeyi”da shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti, ijodi va sarkardalik faoliyati aks ettirilgan 500 dan ziyod noyob qo‘lyozma asarlar, nodir kitoblar, qimmatli manbalar saqlanmoqda.Jumladan, mazkur muzeyda “Boburnoma”ning Haydarobod nusxasi, Bobur Mirzo kashf etgan alifbo – “Xatti Boburiy”da ko‘chirilgan Qurʼoni karim nusxasi, “Bobur kulliyoti”ning Eron nusxasidan ko‘chirma hamda “Boburnoma”ning turli tillarga tarjima qilingan 20 dan ortiq nusxasi joy olgan.
Shu kuni xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha qimmatli maʼlumotlarga ega bo‘ldilar.
“Maʼnaviyat oyligi” doirasida o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar ichki ishlar organlari xodimlarining ulug‘ ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan madaniy meroslarga bo‘lgan hurmat ehtiromini yana-da oshirishligi bilan ahamiyatlidir.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati