11 May 2023 yil 267

“Maʼnaviyat oyligi” doirasida Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyiga sayohati tashkil etildi

“Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida joriy yilning 1-may kunidan 1-iyun kuniga qadar o'tkazilishi belgilangan “Maʼnaviyat oyligi” doirasida sohaviy xizmat, mustaqil boshqarma va barcha shahar-tuman IIBlarida xizmat qilayotgan eng faol va namunali yosh xodimlarning Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyiga sayohati tashkil etildi.

Bu yerda ular viloyatimiz tarixi, yuksalish pog‘onalari,o‘tmishdagi davri, o‘zlari uchun qiziqarli bo‘lgan buyumlar va asori atiqalarni ko‘zdan kechirish hamda shu kabi qiziqarli maʼlumotlar bilan yaqindan tanishib, bu boradagi o‘z bilimlarini mustahkamladilar.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech