14 Aprel 2022 yil 585

“Maʼnaviyat oyligi” doirasida "Harbiy vatanparvarlik" va "Jismoniy tarbiya" dars soatlari o‘tkazildi

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruxida tarbiyalash bo‘yicha mamlakatimizda ham bir qancha ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Sababi yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruxida tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi 140-son qaroriga binoan "Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruxida tarbiyalash konsepsiyasi" ishlab chiqilgan bo‘lib ushbu konsepsiyaning 2-bobida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruxida tarbiyalashning maqsadi va asosiy vazifalarini belgilab berilgan.

Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi xodimlari ishtirokida Andijon shahar xalq taʼlimi bo‘limiga qarashli 13-umumtaʼlim maktabi yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida Vatanparvarlik ruxini shakllantirish, ularni jismoniy va ruhiy sog‘lom etib tarbiyalashga qaratilgan "Harbiy Vatanparvarlik" va "Jismoniy tarbiya" dars soatlari o‘tkazildi.

Ushbu tadbirlar davomida o‘quvchilarga malakali mutaxassislar tomonidan yig‘ilgan o‘quvchilarga qurollarni yig‘ish, himoya usullari kabi ko‘rinishlar bilan amaliy darslar o‘tib berildi.

O‘quvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga malakali mutaxassislardan kerakli javoblarni oldilar.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruxida tarbiyalashning maqsadi yoshlarda jamiyatning turli tarmoqlari, ayniqsa, harbiy soha bilan aloqador bo‘lgan davlat xizmati turlarida faollik ko‘rsatish, tinch va harbiy sharoitda Konstitutsiya va harbiy burchga sadoqatli bo‘lish, ularda o‘z yurti va xalqi taqdiri uchun yuksak masʼuliyat va javobgarlik kabi muhim xususiyatlarni shakllantirishdan iborat.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmat

Text to speech