23 May 2023 yil 185

"Maʼnaviyat oyligi" doirasida IIV Andijon akademik litseyi o‘quvchilari Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyiga sayohat qildilar

IIVning Andijon akademik litseyi o‘quvchilari "Maʼnaviyat oyligi" doirasida Respublikamizdagi boy tarixga ega bo‘lgan ilmiy-maʼrifiy maskan Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyiga  tashrif buyurdilar.

Bosh binodagi tarix bo‘limining "Ko‘hna va navqiron Andijon", tabiat bo‘limining "Vodiyning tabiati, o‘simliklari va hayvonot dunyosi" ekspozitsiyalarini hamda muzey fondida saqlanayotgan viloyatimizning taniqli rassom va xalq amaliy sanʼati ustalarining ko‘rgazmalarini tomosha qildilar.

Ayniqsa, "Temur va Temuriylar davrida Andijon", "Zahiriddin Muhammad Boburning jahon madaniyatiga qo‘shgan hissasi", "Shayboniylar davrida  Andijon" nomli ekspozitsiyalar to‘plami o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech