5 May 2023 yil 316

“Maʼnaviyat oyligi” doirasida IIV Andijon akademik litseyi o‘quvchilarining viloyat ichki ishlar boshqarmasining “Shon-sharaf” muzeyi hamda xotira maydoniga sayohati tashkil etildi

Andijon viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati tashabbusi bilan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi tadbirlar doimiy ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

Xususan, “Maʼnaviyat oyligi” doirasida Andijon viloyat ichki ishlar boshqarmasining “Shon-sharaf” muzeyi hamda boshqarmada tashkil etilgan xotira maydoniga IIV Andijon akademik litseyi o‘quvchilari tashrif buyurishdi.

Unda o‘quvchilar O‘rta Osiyo, xususan, Andijonning qadimgi davlatchilik xavfsizligidan boshlab, bugungi kungacha bosib o‘tgan yo‘li, hududiy xavfsizlik va xalq osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilgan fidoiylar, o‘tgan har bir davrning voqea hodisalarini o‘zida mujassam etgan ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishdilar.

Bundan tashqari boshqarmada tashkil etilgan xotira maydonida xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan xodimlar yod etilib, o‘quvchilar mangu qahramonlar to‘g‘risida batafsil maʼlumotga ega bo‘ldilar.

Bir so‘z bilan aytganda  ushbu sayohat o‘quvchi yoshlarda katta taassurot qoldirib, ulardagi vatanparvarlik tuyg‘usini yana-da oshishiga xizmat qildi.  

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech