8 May 2023 yil 305

"Maʼnaviyat oyligi" doirasida IIV Andijon akademik litseyining birinchi bosqich o‘quvchilari o‘rtasida "Zukko kitobxon" intellektual ko‘rik tanlovi o‘tkazildi

Joriy yilning 5-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Andijon akademik litseyida "Maʼnaviyat oyligi" doirasida 1-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida "Zukko kitobxon" intellektual ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. Mazkur ko‘rik tanlovda har bir 1-bosqich guruhlaridan 6 nafardan o‘quvchilar ishtirok etdi. Berilgan 39 nomdagi adabiyotlardan olingan savollarga o‘quvchilar zukkolik bilan javob berdilar.

Qiziqarli hamda munozaralarga boy bo‘lgan tadbirda 1-bosqich 2-guruhining “Kursantlar” jamoasi faxrli 1-o‘rinni, 1-bosqich 6-guruhining "Adolat posbonlari" jamoasi faxrli 2-o‘rinni hamda 1-bosqich 7-guruhining “Demokratlar” jamoasi faxrli 3-o‘rinni egalladilar.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar diplom hamda kitoblar bilan taqdirlandilar.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech