“Maʼnaviyat oyligi” doirasida viloyat ichki ishlar organlari xodimlari “Zaxiriddin Muxammad Bobur” nomidagi kutubxonada bo‘ldilar
Insonning eng yaqin do‘sti shubhasiz kitob. Kitob o‘qigan insonning maʼnaviyati yuksak, dunyoqarashi keng, taffakuri boy bo‘ladi. Ayni shu maqsadda Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan yosh xodimlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yana-da oshirish maqsadida “Maʼnaviyat oyligi” doirasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 20 aprel kuni Andijon viloyati ichki ishlar tizimlarida xizmat olib borayotgan 40 nafar yosh xodimlarning Andijon shahrida joylashgan Zaxiriddin Muhammad Bobur nomidagi axborot kutubxona markaziga tashrifi tashkil etildi. Maʼnaviyat oyligi davomida o‘tkazilayotgan “Kitobxonlik haftaligi” doirasida amalga oshirilgan ushbu tashrif davomida yosh xodimlar kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Kutubxonadagi ilmiy, badiiy, publitsistik asarlar, maqolalar haqida mutaxassislar tomonidan atroflicha maʼlumot berildi. Shundan so‘ng barcha xodimlar kutubxonaga aʼzo bo‘ldi va kelgusida o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlarini olish va foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, tashrif davomida yosh xodimlar Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “II Respublika kitobxonlik haftaligi” doirasida mazkur kutubxonada tashkil etilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda ham faol ishtirok etdilar.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati