4 May 2023 yil 354

“Maʼnaviyat oyligi” doirasida Xo‘jaobod tumani IIB tomonidan bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda

Ichki ishlar organlarida joriy yilning 1-may kunidan 1-iyun kuniga qadar “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori asosida “Maʼnaviyat oyligi” o‘tkazilishi belgilanib, bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, oylik doirasida Xo‘jaobod tumani IIB xodimlarning farzandlari o‘rtasida velosport musobaqasi o‘tkazildi.

Shuningdek,Xo‘jaobod tumani IIB xodimlari bilan birgalikda tumanda joylashgan axborot kutubxonasiga tashrif buyurilib, kitobxonlik soati tashkil etildi.

Hozirda bu boradagi targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech