“Maʼnaviyat oyligi” doirasida yosh xodimlarning Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxona markaziga tashrifi tashkil etildi
Insonnning eng yaqin do‘sti shubhasiz kitob. Kitob o‘qigan insonning maʼnaviyati yuksak, dunyoqarashi keng, taffakuri boy bo‘ladi. Ayni shu maqsadda, Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan yosh xodimlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yana-da oshirish maqsadida “Maʼnaviyat oyligi” doirasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, joriy yilning 24-may kuni Andijon viloyati ichki ishlar tizimlarida xizmat olib borayotgan 30 nafar yosh xodimlarning Andijon shahrida joylashgan Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxona markaziga tashrifi tashkil etildi.
Ushbu tashrif davomida yosh xodimlar kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Kutubxonadagi ilmiy, badiiy, publitsistik asarlar, maqolalar haqida mutaxassislar tomonidan atroflicha maʼlumot berildi.
Shundan so‘ng barcha xodimlar kutubxonaga aʼzo bo‘lib, kelgusida o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlarni olish va foydalanish imkoniyatigaega bo‘ldilar.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati