25 May 2023 yil 441

“Maʼnaviyat oyligi” doirasida “Ichki ishlar xodimlarining stress va depressiyadan chiqish usullari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

Joriy yilning 23-may kuni Andijon viloyati Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlari  uchun “Ichki ishlar xodimlarining stress va depressiyadan chiqish usullari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar-trening Andijon viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati va Andijon davlat universiteti psixologi Muxtorov Otabek Shuxratjonovichlar tomonidan qiziqarli tarzda  tashkil etildi.

Unda stress profilaktikasi mashg‘uloti, shaxsning asab tizimini tinchlantiruvchi autogen trening mashg‘ulotlari, xodimlarning shaxsiy statuslariga doimo  adekvat holatda bo‘lishlarini taʼminlovchi ijtimoiy- psixologik mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Shuningdek, treningda ichki ishlar organlari xodimlari shaxslararo muloqotga kirishganda ishlatiladigan birinchi so‘zlar qanchalik tabiiy va tushunarli bo‘lsa, ular bilan samimiy muloqot shunchalik tez o‘rnatilishi va oson rivojlanishi turli o‘yinlar hamda hayotiy misollar orqali tushuntirildi.

Mashg‘ulot yakunida xodimlarning qiziqtirgan savollari yuzasidan atroflicha javoblar berib o‘tildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech