29 Yanvar 2021 yil 610

Marhamat tumani IIB xodimlari o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash  maqsadida ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi  

Andijon viloyati IIB boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan reja topshiriqqa asosan, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik M.S.Nishanov va boshqa masʼul xodimlar tomonidan Marhamat tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi xodimlari hamda profilaktika(katta) inspektorlari va ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuv o‘tkazildi.

O‘tkazilgan yig‘ilish davomida, so‘nggi vaqtlarda ichki ishlar organlari xodimlarining ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash uchun bir qancha amalga oshirilayotgan ijobiy ishlarga qaramasdan, ayrim xodimlar tomonidan tamagirlik holatlariga yo‘l qo‘yilayotganligi, buning oqibatida esa yuzaga kelayotgan og‘ir va o‘ta og‘ir oqibatlar Vazirlik hamda boshqarma rahbariyatini qattiq tashvishga solayotganligi hayotiy misollar yordamida barcha shaxsiy tarkib hamda ularning ota-onalariga tushuntirildi.

Shu sababli ham yuqoridagi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, profilaktika inspektorlarining xizmat vazifalarini sidqidildan bajarishlari, fuqarolarning huquq va erkinliklarini qatʼiy tartibda taʼminlashda ota-onalarning xam rolini oshirish zarur ekanligi taʼkidlandi.

Mazkur uchrashuvda ichki ishlar organlarida xizmat intizomi va qonunchilik talablariga qatʼiy rioya etish, ular tomonidan tamagirlikka yo‘l qo‘ymaslik eng asosiy masalalardan biri ekanligi, bu borada xodimlarning oila aʼzolari bilan doimiy fikrlashib, munosabat bildirib borish qayd etildi.

Ochiq muloqot  so‘ngida xodimlarning ota-onalari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishib, ular ham o‘z takliflari bilan o‘rtoqlashdilar.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati  

 

Text to speech