15 Iyul 2020 yil 971

Marhamat tumanida koronavirus tarqalishini oldini olishga qaratilgan barcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda

Bugungi kunda butun dunyoni tashvishga solayotgan koronavirus pandemiyasi tarqalishi kuchayib ketayotganligi sababli bu kasallikka qarshi kurashish hamda aholining sog‘ligini saqlash maqsadida barcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Andijon viloyatining Marhamat tumanida ham bu kasallikni aholi orasida tarqalishini oldini olish maqsadida  tumanga  kirish yo‘llarida blok postlar tashkil qilinib, tuman hokimligi,  IIB, SEOM xodimlari va tuman xalq deputatlaridan tashkil topgan ishchi guruhlar tomonidan  kirib-chiqish hududlari qattiq nazoratga olindi.

Fuqarolarga zarurat bo‘lmasa ko‘chaga chiqmasliklari, avtotransport vositalarida maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishga faqatgina kunning muayyan vaqtida   fuqarolarning ish joyiga borib-kelishi, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish uchun harakatlanishiga ruxsat berilganligi tushuntirilmoqda. Shuningdek, avtotransport vositalarining harakatlanishi davomida santariya-gigiena qoidalariga qat'iy rioya etishlari talab etilayotganligi eslatib o‘tilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech