Marhamat tumani IIB boshlig‘i tomonidan 3-sektor hududida o‘rganish ishlari olib borilmoqda
Marhamat tumani IIB boshlig‘i tomonidan tumanning «Yangi hayot» mahalla fuqarolar yig‘ini “Charxpalak” ko‘chasida 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarning xatlov jarayonida bevosita ishtirok etdi.
Ushbu xatlov davomida uyma-uy yurgan holda 20 turdagi imtiyoz va Vazirlar Mahkamasining 312-sonli qarori haqida yoshlarga atroflicha tushunchalar berildi.
Shuningdek, yoshlar tomonidan tashkil etilgan tadbirkorlik faoliyatlari ham ko‘zdan kechirildi. Ularning faoliyatini yanada rivojlantirishi uchun ko‘mak berilishi to‘g‘risida ham gapirib o‘tildi. Ular tomonidan olib borilayotgan bunday ishlarga ko‘proq yoshlarni jalb etish va ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda daromadga yo‘naltirish borasida ham olib borilayotgan ishlarni jadallashtirish kerakligi to‘g‘risida masʼullarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Xatlov jarayonida sektor rahbariga ijtimoiy masalalar yuzasidan qilingan murojaatlar tashkilot rahbarlariga 3 kunlik muddat ichida o‘rganib, ijobiy hal etish bo‘yicha ko‘rsatmalar ham berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati