“Gashish” giyohvandlik moddasini 7.000 AQSH dollariga sotayotgan og‘ufurushning faoliyatiga chek qo‘yildi
Joriy yilning 20-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV TQD JQX hamda Andijon viloyati IIB JQB Giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarni jalb qilgan holda tezkor-tadbir o‘tkazildi.
Tezkor-tadbir davomida Marhamat tumanida yashovchi K.A Mustaqillik mahallasi hududida xolis xaridorga og‘irligi 1073,35 gramm “gashish” giyohvandlik vositasini 7.000 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati