4 Fevral 2023 yil 229

Milliy gvardiya Andijon viloyati “Qo‘riqlash” boshqarmasida IIV Andijon akademik litsey tinglovchilari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi

Yoshlarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash, ona yurtga sadoqatli farzand hamda yetuk kadrlar yetkazib berish muhim omil hisoblanadi.
Milliy gvardiya Andijon viloyati “Qo‘riqlash” boshqarmasida IIV Andijon akademik litsey tinglovchilari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

Ochiq eshiklar kuni davomida o‘quvchi yoshlarga “Qo‘riqlash” xizmatining afzalliklari, foydalanilayotgan texnikalar, zamonaviylashgan axborot elektron tizimlar bo‘yicha soha mutaxassislari tomonidan maʼlumotlar berildi.

Tadbir doirasida tinglovchilarga kamondan otish sport turi bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi. Elektron o‘q otish xonasida tinglovchilar mashg‘ulotlarni amaliy tarzda bajarib ko‘rdilar.
Shu bilan birgalikda Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirganlarga imtihon oldi sinovlar hamda kerakli maʼlumotlar berildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech