Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasida “Haydovchi! Tezlik – umr zavoli!” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Joriy yilning 19-yanvar kuni Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasida “Huquqbuzarlik profilaktikasi kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda Andijon viloyati harbiy prokuraturasi va Andijon viloyati IIB JXX YHXB masʼul xodimlari ishtirok etdilar.
Unda harbiy xizmatchi xodimlarga yo‘l-transport hodisalarining kelib chiqish sabablari, qish mavsumida muzlamalarda xavfsizlik talablariga rioya etishlari harbiy xizmatchi va xodimlarning hayoti hamda sog‘lig‘ini asrash, ularning hayotdan bevaqt ko‘z yumishini turli xil jarohatlanish holatlarini oldini olish hamda bunday holatlarni sodir etilishiga turtki beruvchi omillarni barvaqt aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha choralarni ko‘rish haqida atroflicha to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, Andijon harbiy prokuraturasi masʼul xodimi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari va talablari yetkazilib, ularning mazmun mohiyati tushuntirib berildi.
Bir so‘z bilan aytganda o‘tkazilgan davra suhbati harbiy xizmatchi va xodimlarning huquqiy bilimlarini yana-da oshirishga xizmat qilganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati