25 Avgust 2021 yil
537
Mustaqillik bayrami arafasida Andijon viloyati IIB xodimlari va ularning oila aʼzolari uchun arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi
Andijon viloyati IIB boshligʻining tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi bayrami munosabati bilan 25-avgust kuni viloyat IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasida ichki ishlar xodimlari va ularning oila aʼzolari uchun arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarkada goʻsht, yogʻ, sut hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, turfa xil shirinliklar arzonlashtirilgan narxlarda sotildi. Mahsulotlarning sifati va hamkor korxonalar tomonidan peshma-pesh yetkazilayotgani xodimlarga qulaylik yaratdi.
Andijon viloyati IIB Axborot