18 Mart 2023 yil 397

“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida Andijon viloyati IIB xodimlari tomonidan ham obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda

Har yili Navro‘z bayrami arafasida ayyomni munosib kutib olish va nishonlash maqsadida hashar o‘tkazish yaxshi anʼanaga aylangan. Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.Eslatib o‘tamiz, hashar mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar, bolalar maydonchalari va boshqa joylarni obodonlashtirish, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan, Andijon viloyati IIB apparati hamda boshqa sohaviy xizmat xodimlari ham ertalabdan o‘z tashabbuslari bilan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini boshlab yubordilar. Mavjud binolar atrofi, ko‘chalar obodonlashtirildi. Ekin yerlari tartibga keltirilib, begona o‘tlardan tozalandi va shudgorlandi.  Daraxt va gullarlarga shakl berilib, oqlandi. Ayniqsa, boshqarma binosi hududiga yangi manzarali daraxt ko‘chatlarining  ekilishi, o‘zgacha chiroy bag‘ishladi.

Bir so‘z bilan aytganda hasharda qatnashgan barcha xodimlar o‘zining qo‘lidan kelgancha mehnati bilan qatnashib, obodonlashtirish ishlariga munosib hissa qo‘shmoqdilar.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech