15 Iyul 2022 yil
499
Odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda
Andijon viloyati IIB T va EQKB OS va NMQKB xodimlari tomonidan, Respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy axborot markazi boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda “30 kun-hamkorlikda odam savdosiga qarshi kurashish oyligi” doirasida, “Biz odam savdosiga qarshimiz!” aksiyasi oʻtkazildi.
Tadbirda aholi gavjum joylar, MDH hamda xorijiy davlatlarga ishga yuborish boʻyicha tayyorgarlik oʻtkazib kelayotgan turli oʻquv markazlarida, odam savdosi hamda majburiy mehnat ekspluatatsiyasiga qarshi kurashish toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borilib, ushbu yoʻnalishdagi dolzarb masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar, maʼlumotlar berildi va 150dan ortiq fuqarolarga zarur bukletlar hamda flayerlar tarqatildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati