“Oila tinchligi–jamiyat farovonligi” dasturi bo‘yicha o‘quv seminar trening mashg‘uloti o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 24-oktyabrdagi tegishli ko‘rsatmasi talablari ijrosini taʼminlash, viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning maʼnaviy-axloqiy saviyasini muntazam ravishda oshirib borish hamda sog‘lom turmush-tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Oila tinchligi–jamiyat farovonligi” dasturi bo‘yicha o‘quv seminar trening mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 9-10 dekabr kunlari o‘tkazilgan seminarlarda oilaviy munosabatlar psixologiyasi, ichki ishlar organlari xodimi va turmush o‘rtog‘i orasidagi munosabatlar diagnostikasi, oilaviy qadriyatlar tahlili, oilaviy munosabatlar tizimini mustahkamlash, ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat faoliyatida yuzaga keladigan stress va agressiv xulq-atvorlar kabi mavzularda mutaxassislar tomonidan mashg‘ulotlar olib borildi.
Hozirda o‘quv seminar trening mashg‘ulotlari davom etmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati